sayt test rejimida ishlamoqda.
Bosh sahifaYANGILIKLAR VA BLOGLAR

YANGILIKLAR VA BLOGLAR

23.11.2026

ALYANS AUTO Volkswagen va JETTA dilerlik tarmog‘ini kengaytirmoqda: SIA MOTORS’da ochilish

ALYANS AUTO Volkswagen va JETTA dilerlik tarmog‘ini kengaytirmoqda: SIA MOTORS’da ochilish

2026-yil 2-oktabr kuni Toshkentdagi SIA MOTORS avtosalonida Volkswagen va JETTA brendlarining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. ALYANS AUTO kompaniyasi SIA MOTORS’ga har ikki brendning rasmiy dileri maqomini berdi. Yangi maskan poytaxtdagi uchinchi Volkswagen dilerlik markaziga aylandi va bu yerda JETTA avtomobillari ham taqdim etildi.

Ushbu ochilish ALYANS AUTO’ning O‘zbekistondagi dilerlik tarmog‘i rivojini davom ettirib, Volkswagen va JETTA’ning Toshkentdagi ishtirokini kengaytirmoqda. Endilikda poytaxt aholisi har ikki brend avtomobillari bilan tanishish va rasmiy dilerga murojaat qilish uchun yanada ko‘proq imkoniyatga ega.

Hamkorlik tarmog‘ini kengaytirish — ALYANS AUTO faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri. SIA MOTORS bilan hamkorlik xaridorlar uchun qulay savdo infratuzilmasini yaratish va mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish yo‘lida navbatdagi qadam bo‘ldi.

ALYANS AUTO SIA MOTORS’ni o‘z dilerlik tarmog‘ida qutlaydi va hamkor jamoani ochilish bilan tabriklaydi. Kompaniya Volkswagen va JETTA’ning O‘zbekiston bozoridagi ishtirokini izchil kengaytirishda davom etmoqda.