sayt test rejimida ishlamoqda.
Bosh sahifaYANGILIKLAR VA BLOGLAR

YANGILIKLAR VA BLOGLAR

25.08.2026

ALYANS AUTO” MChJda huquqiy targ‘ibot seminari o‘tkazildi

ALYANS AUTO” MChJda huquqiy targ‘ibot seminari o‘tkazildi

“ALYANS AUTO” MChJda xodimlarning huquqiy bilim va savodxonligini oshirish, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarning mazmun-mohiyatini keng tushuntirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati mavzusida axborot-tushuntirish seminari o‘tkazildi.


Seminar davomida kompaniyaning yuridik bo’lim boshlig’i tomonidan mazkur Konstitutsiyaviy qonunning maqsadi, asosiy qoidalari, belgilangan vakolat va vazifalar, shuningdek, hujjat bilan joriy etilgan muhim yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.


Xususan, qonunda belgilangan yangi huquqiy normalarning davlat boshqaruvi tizimidagi o‘rni va ahamiyati hamda mazkur qonunning davlat boshqaruvi samaradorligini yanada oshirishdagi ahamiyati yuzasidan atroflicha  tushuntirishlar berildi.

Muloqot shaklida tashkil etilgan seminar davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, qonun normalarining amaliy ahamiyati yuzasidan fikr almashdilar.


“ALYANS AUTO” MChJda xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularni qonunchilikdagi yangilik va o‘zgarishlardan muntazam xabardor qilib borish hamda huquqiy bilimlarni mustahkamlashga  alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda huquqiy targ‘ibot va axborot-tushuntirish tadbirlarini tizimli ravishda tashkil etish izchil davom ettiriladi.