sayt test rejimida ishlamoqda.
Bosh sahifaYANGILIKLAR VA BLOGLAR
YANGILIKLAR VA BLOGLAR
24.06.2026
InFinBank, LBBW va “Alyans Auto” O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillarini ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha kelishuv imzoladi

InFinBank, Germaniyaning Landesbank Baden-Württemberg (LBBW) banki va “AlyansAuto” kompaniyasi o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik kelishuvi imzolandi.
Hujjat O‘zbekiston Respublikasida Volkswagen (VW) markali avtomobillar uchun butlovchi qismlarni import qilish va ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich mahalliylashtirish loyihasini amalga oshirishda hamkorlik doirasini belgilab beradi.
Loyiha yirik uzelli (SKD) yig‘ish uchun VW Group Import Company Limited kompaniyasidan butlovchi qismlar yetkazib berishni tashkil etishga hamda respublika hududida mahalliylashtirish darajasini bosqichma-bosqich oshirishga qaratilgan.