YANGILIKLAR VA BLOGLAR
Volkswagen ikki millioninchi elektromobilni mijozga topshirdi

Volkswagen ikki millioninchi elektromobilni mijozga topshirdi
Volkswagen brendi elektromobillik rivojida muhim marraga erishdi — kompaniya mijozga ikki millioninchi to‘liq elektr avtomobilni topshirdi.
Yubiley modeli kompaniyaning Tsvikkau zavodida ishlab chiqarilgan Volkswagen ID.3 bo‘ldi. Tantanalı topshirish marosimi Drezdendagi Transparent Factory’da bo‘lib o‘tdi. Yangi avtomobil mijoz Kirsten Vormbrokga topshirildi.
Bu natija brendning elektr avtomobillar qatorini izchil rivojlantirayotganini ko‘rsatadi. Volkswagen elektromobillar yo‘nalishidagi faol harakatini 2013 yilda Volkswagen e-up! modelini taqdim etish bilan boshlagan. Keyinchalik unga Volkswagen e-Golf va undan so‘ng to‘liq elektr ID. modellari oilasi qo‘shildi.
Bugungi kunda yetkazib berilgan elektromobillar umumiy soniga ID. oilasining zamonaviy modellari bilan bir qatorda brendning avvalgi ishlanmalari ham kiradi.
Volkswagen elektromobil bozoridagi o‘z pozitsiyalarini mustahkamlashda davom etmoqda, Yevropadagi asosiy o‘yinchilardan biri bo‘lib qolmoqda hamda Germaniyada yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda.