sayt test rejimida ishlamoqda.
Bosh sahifaYANGILIKLAR VA BLOGLAR

YANGILIKLAR VA BLOGLAR

25.11.2026

Volkswagen va JETTA yanada yaqin: Navoiyda AutoLine ochildi

Volkswagen va JETTA yanada yaqin: Navoiyda AutoLine ochildi

Avtomobil tanlash qiziqishdan boshlanadi. Lekin ko‘pincha uni yaqindan ko‘rgandan keyingina bir qarorga kelasiz. Rulga o‘tirib ko‘rish, salonning kengligini his qilish, har bir detalga e’tibor berish va savollaringizga javob olish — endi Navoiy aholisi uchun Volkswagen va JETTA bilan tanishishga yana bir manzil bor.

2026-yil 15-oktabr kuni shaharda ALYANS AUTO tarmog‘iga qo‘shilgan AutoLine — Volkswagen va JETTA’ning yangi dilerlik markazi ochildi.

Ikki brend bir joyda jamlangani xaridorlarga turli variantlarni ko‘rib, o‘z hayot tarziga mos avtomobilni tanlash imkonini beradi. Kimdir uchun kundalik qatnovdagi qulaylik muhim, kimdir oilasi uchun keng salon izlaydi, yana kimdir uzoq yo‘lda komfortni qadrlaydi. Avtomobillarni yaqindan ko‘rish va mutaxassislar bilan suhbatlashish sizga aynan nima mos kelishini tushunishga yordam beradi.

ALYANS AUTO uchun har bir yangi ochilish, avvalo, insonlar bilan bog‘liq. Bu — brendlar bilan ishlashni boshlayotgan hamkor jamoa va salonga ilk bor kirib kelayotgan xaridorlar. AutoLine ochilishi bilan Navoiyda bunday uchrashuvlar ko‘payadi, avtomobilga bo‘lgan ilk qiziqishdan uni tanlashgacha bo‘lgan yo‘l esa yanada qulaylashadi.

AutoLine’ni dilerlik tarmog‘imizda kutib olishdan mamnunmiz. Jamoaga muvaffaqiyatli boshlanish tilaymiz. Bo‘lajak Volkswagen va JETTA egalariga esa har kungi yo‘lni yoqimli qiladigan avtomobilni topishlarini tilab qolamiz.

Tanishuv AutoLine’da boshlanadi. Sizni Navoiyda kutamiz!