YANGILIKLAR VA BLOGLAR
Volkswagen O'zbekistonga kelmoqda — va biz bu jarayonning bir qismimiz!

O'zbekiston avtomobilsozlik sanoati yangi tarixiy sahifasini yozmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ko'rib chiqilgan taqdimotda e'lon qilingan eng muhim yangilik — Volkswagen avtomobillarini O'zbekistonda ishlab chiqarish loyihasi bo'ldi.
Reja bo'yicha:
Birinchi bosqich — Toshkent shahrida yirik uzellar asosida ishlab chiqarishni boshlash
Ikkinchi bosqich — Angren erkin iqtisodiy zonasida to'liq tsiklda ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va eksport bozorlariga chiqish.
Alyans auto sifatida biz bu loyihaning asosiy ishtirokchisimiz — aynan biz Volkswagen brendini O'zbekistonga olib kirishda faol rol o'ynamoqdamiz.
Volkswagen — sifat, ishonchlilik va Yevropa muhandisligi.
Volkswagen O'zbekistonda ishlab chiqariladi.